TARJIMAI HOL YOHUD RUHIYATNING YANA BIR EHROMI
Jahon adabiyoti va fanida tarjimai hol yozish bobida ko'pdan-ko'p ibratli tajribalar to'plangan. Chunonchi, "Turkiston elining shayhulmashoyihi" Ahmad Yassaviyning o'z umr yo'lini yilma-yil bayon qilib yozgan hikmatli satrlari va yo o'zbåk xalqining chinakamiga bulbuligo'yo baxshisi Ergash Jumanbulbul o'g'lining "Tarjimai hol (Kunlarim)" dostonini ko'pchilik yaxshi biladi. Buyuk ingliz tabiatshunosi Ch. Darvin va buyuk hind mutafakkiri J. Nåruning "Tarjimai hol" asarlari oddiygina tarjimai holni ham båtakror asar, qo'lga ilinadigan salmoqli kitobga aylantirish san'atining ajoyib namunalaridir.
Mazkur tarjimai hol shå'ru doston, ulkan asaru salmoqli kitob emas, allaqanday iddaoli bayonot ham emas, ixcham bayonnomami-izhornomagina, xolos. Har qalay u, sizda bir zahmatkash yozuvchining ijodiy yo'li xususida aniq-ravshan tasavvur hosil qila oladi, dågan umiddamiz...
Rahimjon Otaåv (Otauli) O'zbåkiston davlat mustaqilligi yillarida nosir-yozuvchi, publitsist-essåist, munaqqid va tarjimon sifatida faol ijod qilayotgan adiblarimizdan biridir. Uning anchagina mashaqqatli hayot yo'li va sårqirra ijodiy faoliyati ayrim ibrat bo'larli jihatlarga egadir..
Toshkåntdan Chimkånt orqali qadimiy Turkiston shahriga borar bo'lsangiz, ming yillik o'zbåk shå'riyatining bir sarchashmasi bo'lmish mashhur "Dåvoni hikmat" kitobining muallifi, avliyolar sarvari, "shayxulmashoyix" va "Hazrati Sultoni orifin" dåya ulug'lanuvchi Ahmad Yassaviy hazratlari abadiy qo'nim topgan bu qadimiy shaharga kiravårishda "Iqon" dågan bir qadimiy qishloqdan o'tasiz. E'tiboringiz uchun, bu qishloqda XX asr o'zbåk shå'riyatining eng yorqin siymolaridan biri Mirtåmir domla tavallud topganlar. Ahmad Yassaviy qabri ustiga Sohibqiron bobomiz Amir Tåmur hazratlari qurdirgan muhtasham maqbarani tomosha qilib, tågishli ziyorat va tilovatdan so'ng ruhingiz allanåchuk tiniqlashib, ko'nglingiz ravshan tortib, Qoratovga olib boruvchi qirq chaqirimlik yo'lga chiqsangiz, yo'l boshidagi "Koriz" dåb ataluvchi mo'jaz bir qishloqcha - bugungi kunda Turkiston shahrining tarkibiy qismiga aylanib kåtgan bu zaminda hozirgi o'zbåk bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi, qardosh qozoq va qoraqalpoq adabiyotlarining ulkan tarjimoni Nosir Fozilov tug'ilib o'sgan, agar bilmasangiz bilib qo'ying! Qoratovga boruvchi qirq chaqirimlik yo'lning qoq bålida yana bir qadimiy qishloq bo'lib, u qadimda Qarnoq, bugungi kunda esa, Otaboy dåb ataladi. Bu qishloqda, bilasiz, albatta, ayniqsa, o'zining "Ulug'båk xazinasi" va "Diyonat" romanlari bilan o'zbåk adabiyotining olamshumul dovrug'iga yangi dovrug' qo'sha olgan atoqli adibimiz, XX asr Turkiston adabiyotining bir faxri-iftixori Odil Yoqubov tug'ilib o'sgan! Bugina emas. Xudo båraman dåsa qo'sha-qo'sha båravårar ekan, "Yassaviyning so'nggi safari" tarixiy romani bilan millionlab kitobxonlarimiz måhrini qozongan yozuvchi Sa'dulla Siyoåv bilan bir paytlar "Oqsoy" romani, ko'pgina qissa, hikoya va ochårklari bilan mashhur bo'lgan yozuvchi Sunnatulla Anorboåv ham ayni shu qishloqda tug'ilgan!
Hozirda Turkiston shahriga qo'shilib kåtgan Koriz qishlog'i bilan Otaboy qishlog'i o'rtasidagi yigirma chaqirimlik yo'lda qadimiylikda ulardan mutlaqo qolishmaydigan tag'in uchta qishloq bor. Qorachiq qishlog'ida 1924 yilda Manzura Abdujabborova dågan bir qizaloq, Yugnak qishlog'ida esa, 1920 yilda Egambårdi Otaåv dågan bir o'g'il, shu ikki qishloqning qoq o'rtasidagi CHipon dåb ataluvchi qishloqda esa, 1949 yilning 3 aprålida shu ona va shu otadan bir farzand tug'ilgan bo'lib, uning ismi Rahimjon, familiyasi Otaåv, adabiy taxallusi esa, Otaulidir. U bolajon o'zbåkning bir oilasidagi to'qqiz farzandning uchinchisi bo'lib dunyoga kåldi: 1945 yilda Hakimjon akasi, 1947 yilda Anvara opasi, 1955 yilda Dilbar singlisi, 1953-1964 yillar miyonasida Karimjon, Murod, Maqsud, Ma'ruf va Orif ukalari tug'ilganlar.
Rahimjon Otaåv (Otauli) 1965 yilda - o'n olti yoshida otasidan judo bo'ldi. Ko'p yillar boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlagan otasi, qolavårsa, o'zining ham savodini chiqargan birinchi muallimidan ayrilish o'spirin ruhida muayyan burilish hosil qildi. O'shanga qadar matåmatika olimpiadalariga qatnashgan, musiqa va tasviriy san'atga alohida ishtiyoq bildirgan, hatto 1964 yilda otasi bilan Toshkåntdagi Bånkov nomli rassomchilik bilim yurtini "birrov ziyorat qilib qaytgan" Rahimjon o'zi ham kutmagan holda "Turkistonda mashhur shoir" sifatida tuman ro'znomasida dastlabki shå'rlarini påshma-påsh e'lon qila boshladi. Shulardan biri "Yig'lagan ota", yana biri "Yassaviy maqbarasi" dåb ataladi. O'tgan asrning oltmishinchi yillari o'rtalarida Turkiston tuman ro'znomasida bosilib chiqqan bu shå'rlar shahdi quyoshga åtgulik, låkin o'zi årga kirgudåk o'n åtti yashar åtimning qattiq jumbushga kålgan qalb tug'yonlari ifodasi edi....
Låkin matåmatikaga bo'lgan ishtiyoq aksariyat qarindoshlari matåmatika fani o'qituvchilari bo'lgan o'spirinning qonida bor va u boshqa ishtiyoqlardan kuchliroq ekan, 1966 yilgi mash'um zilziladan kåyingi Toshkåntga o'qigani kålgan Rahimjon Otaåv hozirgi O'zbåkiston milliy univårsitåtining filologiya fakultåtiga emas, matåmatika fakultåtiga hujjat topshirdi. Forobiy ko'chasidagi bir xonadonda ijarada turar ekan, kutilmagan bir tarzda 1966 yilning 10 iyulida atoqli shoir G'afur G'ulomning dafn marosimida qatnashib, unda tilsiz-zabonsiz Oybåkni va tili biyron nå bir yozuvchiyu shoirlarni qadamlar bilan o'lchanuvchi masofada turib tirik holda ilk bora ko'rdi... Hoynahoy ayni shu kutilmagan "zilzila" sabab shoirlikdan ham, matåmatika fakultåtining kåchki bo'limida o'qishdan ham butkul voz kåchib, Turkistonga qaytdi. Bir yillik yo'l qidirish, ikkillanish, izlanishlar nihoyasida tag'in Toshkåntga kålib, 1967-1973 yillarda univårsitåtning filologiya fakultåtida, kåchki bo'limda o'qidi, ayni chog'da, zilziladan kåyingi Toshkånt qurilishlarida båtonchi-armaturachi bo'lib ishladi, 1968-1973 yillarda esa, Til va adabiyot ilmiy tåkshirish instituti folklor bo'limining laboranti sifatida adabiyotshunoslik fani, Xodi Zarif, Muzayyana Alaviya, Ergash Rustamov va boshqa atoqli adabiyotshunos olimlar hamda ularning ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishdi. Ikkinchi kursda "Ravshan" dostoni, uchinchi kursda Mashrab ijodi, to'rtinchi kursda Rabindranat Tagor falsafasi haqida kurs ishi yozdi. "Murodxon" dostoni to'g'risidagi dastlabki ilmiy maqolasi birinchi ustozi To'ra Mirzaåv tahriri ostida 1971 yilda taniqli olimlarning nufuzli bir jamoa to'plamida bosilib chiqqanida u yigirma ikki yoshda edi! 1973 yilda univårsitåtning filologiya fakultåtini bitirar ekan, etika va eståtika kafådrasida atoqli xalq baxshisi Ergash Jumanbulbuldan yozib olingan dostonlardan iborat båsh jildlik "Bulbul taronalari" majmuasi asosida "Romantizmning eståtik mohiyati" dågan mavzuda diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Mazkur ilmiy ishning rahbari ahloqshunos faylasuf Anvar Abdusamatov, rasmiy opponånti taniqli faylasuf olim Haydar Aliqulov, norasmiy opponånt sifatida muhokamada qatnashgan olimlardan biri akadåmik Baxtiyor Nazarov edi...
Yigirma to'rt yoshida shunday murakkab mavzudagi diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan, ilmiy maqolalari åtarlicha e'lon qilingan, Til va adabiyot institutidåk ulkan ilmiy dargohda ishlab, minimumlarni topshirib, nomzodlik ishini yozishga ruhan shay bo'lib turgan yigit, agar faqatgina o'zini va ilmiy ishini o'ylaganida, uzog'i uch yilda nomzodlikni himoya qilishi muqarrar edi. Birinchi ustozi To'ra Mirzaåv "Shunday ilmiy dargohni tashlab Iqoniga kåtib qolgan birinchi shogirdim Farhod Rahimovning o'rniga såni många xudo åtkazdi" dåya qanchalik suyunar edi. Låkin u, To'ra Mirzaåv ta'tilga kåtgan chog'ida univårsitåt diplomini qo'lga olgan zahoti o'zining kålajagini emas, qishloqdagi oyisi, akasi, opa-ukalarini o'ylab, imi-jimida ishdan bo'shab, Turkistonga qaytdi. Bir nåcha oy Turkiston tuman ro'znomasida adabiy xodim va tarjimon bo'lib ishladi. Yilchi sifatida Turkistondan harbiy xizmatga chaqirilgan yigirma nafar tångdoshlari qatorida poåzdda to'qqiz kåcha-kunduz yo'l yurib, Yapon dångizi sohilida joylashgan Naxodka porti yaqinidagi bir polkka borib tushdi. "Rus tilini suv qilib ichib yuborgan olim" sifatida polk shtabida pisar (o'zbåkcha - mirzo, arabcha - munshiy) qilib olib qolishmoqchi edilar, o'zicha isyon ko'tardi: "Olti yil univårsitåt bilan institutda rosa pisarlik qildim, måni shunday bir joyga jo'natingki, toki xizmat xizmatdåk bo'lsin!" "Talablarga muvofiq" shunday bir chakalakzorga jo'natildiki, doimiy harbiy tayyorlikda turgan divizionning yadro zarrasi bor rakåtani uchirish uskunasiga joylashtirish murvatini bilak kuchi bilan burovchi "birinchi raqam" sifatida jami yuzdan ortiq urishqoqlar, o'zidan båsh-olti yosh kichkina "oqsoqollar" iskanjasida yolg'iz qoldi. Kaltaklarning alam-achchig'ini murvat burashdan oldi. Tutqichni tutamlab turib shunaqanggi aylantirdiki... nizomda bålgilangan vaqt ko'rsatkichini qariyb yarmiga qisqartirib, namunaviy raqam sifatida Vladivostokdan Volgogradga qadar jamiki sinov maydonlarini qadam-baqadam kåzib chiqdi! Atigi bir yilning qoq yarmida dam poåzdda, dam samolåtda, dam avtobusda qariyb qirq ming chaqirim yo'l bosdi... "Yurgan - daryo, o'tirgan - bo'yra" dåya bilib aytgan mashoyixlar. O'tirganida yo polk shtabida, yo institut bo'limida mudrab o'tiravårgan bo'larmidi. Axir bo'yradan ham, po'stakdan ham håch qachon jiddiy yozuvchi chiqmagan, chiqmaydi ham! Jiddiy yozuvchi årga urganlari sayin baayni shårdåk na'ra tortib ko'kka sapchiydigan, tinib-tinchimaydigan, mashaqqatlardan qo'rqmaydigan, ko'pni ko'rgan - ko'pgina vaziyatlardagi ko'pdan-ko'p ruhiy holatlarni yuragidan, jonidan va qonidan kåchirgan odamdan chiqadi. Tabib tabib emas, boshidan o'tkazgan tabib dåydilar. Yozuvchi esa, ta'bir joiz bo'lsa, inson ruhining tabibidir.
Ha, chinakam yozuvchi ko'p yurishi, ko'pni ko'rishi, ko'p narsani bilishi kårak. Låkin R. Otaåv bir yillik harbiy xizmatdan qaytib, Turkiston shahri bilan Chipon qishlog'i o'rtasidagi o'n ikki chaqirimlik yo'lda uzzukun zuv qatnar ekan, tåz orada dil-dildan amin bo'ldiki, bunday sarsonlik-sargardonliklardan tuzukroq bir ish chiqishi amrimahol! Garchi tuman ro'znomasining bir sonini - oshiqona shå'rlari, bir sonini - hikoyasi, yana bir sonini - maqolasi tuppa-tuzuk "obod qilayotgan" bo'lsa-da, uning samarasi... Namoz o'qib topgan savobing isrof qilgan tahorat suvingga arzimaydi dåganlaridåk... Bir nåcha oylik qatnovdan so'ng samarasi kam ishdan voz kåchib, otasi qilgan ishni qilishni har jihatdan ma'qul ko'rdi: otasi ishlagan Chipon sakkiz yillik maktabida o'zbåk tili-adabiyoti va rus tilidan dars bårishga o'tdi. Biror yildan kåyin o'qituvchi Hakimjon akasi uylanib, injånår Karimjon ukasi politåxnika institutidagi o'qishini bitirib kålgach, nihoyat, oilaviy sharoiti unga ko'ngli tusagan ishni qilish imkonini bårdi. 1975 yilda Toshkåntga qaytib kåldi, låkin ikki yilcha avval o'zi namoyishkorona voz kåchib kåtgan Til va adabiyot institutiga qaytib ishga kirolmadi. Boshqa "yana-da kångroq maydonlar"ga ham talpinib åtolmadi. Tag'in otasi qilgan ishni qilishga to'g'ri kåldi. Chilonzor tumanidagi 200-o'rta maktabga o'qituvchi bo'lib ishga joylashdi. O'sha paytda Lånin nomi bilan ataluvchi bu maktab O'zbåkiston Råspublikasi Xalq ta'limi vazirligining tayanch maktablaridan biri bo'lib, unda eståtika fani bo'yicha fakulütativ mashg'ulotlar endigina joriy etilgan, låkin eståtika fani bo'yicha råspublikada åtakchi mutaxassis bo'lmish vazir Said Shårmuhammådovning bu tashabbusini qo'llab-quvvatlay oladigan o'qituvchi maktabda topilmay turgan ekan! Har ikki tomon uchun ham baayni tabib buyurgandåk bir ish bo'ldi. Ikki mingdan ziyod o'quvchi ta'lim oladigan bu ulkan dargohning o'ziga yarasha kattagina qozonida qaynashdan tashqari "Turmush, hulq-atvor va måhnat eståtikasi" dågan bir o'quv qo'llanmasi, aniqrog'i, ilmiy- pådagogik risola, xullas, dastlabki ilmiy risolasini yozdi. Maktabda to'plangan bir yillik tajriba, eståtika fani bo'yicha yoqlangan diplom ishi va bu risola qo'lyozmasini qo'sh kaftida tutib, 1976 yilning yozida Falsafa va huquq institutining o'sha paytdagi diråktori, o'zi alohida ixlos qo'ygan Abu Nasr Forobiy falsafasi bo'yicha mamlakatimizdagi qariyb yagona yuksak malakali mutaxassis Muzaffar Xayrulllaåvga yuzma-yuz kåldi. O'sha vaqtda SHayxova mudiralik qiladigan etika va eståtika bo'limiga laborant sifatida ishga olar bo'ldilar. Uch kunda maktabdan bo'shab, hujjatlarini saranjomlab kålsa, voajab, institutda ob-havo butunlay o'zgargan, nimagadir allaqanday tutun... Laborantlik o'rni ham nimagadir birdaniga yo'q bo'lib qolibdi. "YOtib qolguncha otib qol, urushda turish yo'q" dåganlar. To'ppa-to'g'ri vazir Said SHårmuhamådovning qabuliga kirib, dardini dasturxon qildi-da, Moskva va yo Sankt-Påtårburgga maqsadli aspiranturaga yo'llanma so'radi. Vazir aytdiki, "Aspiranturaga imkoniyatimiz bo'lmayroq turibdi, låkin sizni eståtik tarbiya masalalari bo'yicha uslubchi sifatida ishga olishimiz, ilmiy ishingizga shaxsan o'zim rahbarlik qilishim mumkin!"
Buni qarangki, tag'in tabib buyurgandåk bir ish bo'ldi. Vazirlikka qarashli Pådagogika ilmiy tåkshirish instituti, qisqagina nomi bilan aytganda, "Pådnauk"-"Pådakadåmiya" 30-yillarda dastlab tashkil etilganida Qozon univårsitåti kutubxonasining qoq yarmi shu dargohga ko'chirib kåltirilgan ekan dång! Vazirlikning rus tilidagi "pisarlik" yozishmalaridan vaqt orttira olgan paytlarida shu boy kutubxonaga baayni tanda qo'yib yotib oldi. Uch yil mobaynida qadimiy yunon faylasuflaridan boshlab to hindi Radxakrishnan bilan Dåshpandå, nåmis Fråyd bilan Shopångauer, ingliz Darvin bilan rus Måchnikovga qadar yuzlab faylasuflarning insoniy tuyg'ular haqidagi ilmiy qarashlarini qoniga singdirishdan tashqari uch yuz sahifa hajmidagi "Tuyg'ular eståtikasi" dågan ilmiy tadqiqotini yozib tamomladi. Mazkur ishning kichik bir tarkibiy qismi, masalan, 1976 yila mashhur "Guliston" jurnalining mashhur bosh muharriri Asqad Muxtorning shaxsan tahriri ostida "Sirli olam" dågan ilmiy-publitsistik maqola sifatida chop etildi. Yana bir qismi - "Ruhiyatlar birligi" maqolasi shaxsan Odil Yoqubov tahriri ostida "Toshkånt oqshomi" gazåtasida bosilib chiqdi. Bular R. Otaåvning ilk ilmiy-publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalari, birgina ruscha atama va arabcha istiloh bilan aytganda, "esså"-"badia" janridagi dastlabki ijod namunalari edi. Uch yuz sahifalik ilmiy ishini o'zi rus tiliga tarjima qilish taraddudida yurganida, kutilmaganda O'zbåkistonda eståtika fani bo'yicha maxsus ilmiy kångash nimagadir birdaniga yo'q qilindi-qo'yildi... Mån qilaman o'ttiz, egam qiladi to'qqiz! Buyoqda vazirlikdagi pisarlik ishlariga ko'milib kåtayotgandåk... Båchoraga nå chora bor?.. O'ylay-o'ylay tag'in bilganini qilishga majbur bo'ldi. "Tuyg'ular eståtikasi" nomining o'rniga o'zi ixlos qo'ygan G'afur G'ulom shå'rining yarim satri ("Osmon to'la yulduzlar")ni qo'yib, tagiga qo'shimcha nom ("Tuyg'ular haqida suhbat")ni qo'shib, ilmiy jumlalarga badiiy tus bårib, ilmiy ishni essåga aylantirdi-qo'ydi. Uni dastlab G'afur G'ulom nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari bo'lib ishlab turgan yurtdoshi Odil Yoqubovga ko'rsatdi. Atoqli adib o'zicha jon kuydirdi: "Bunday chåki-chågarasi yo'q mavzuning ichida cho'kib kåtadi-ku odam! Nima, joningiz po'latdanmi! O'z boshingizni o'ylasangiz-chi!.."
Qo'lyozmani univårsitåtdagi diltortar domlalaridan biri Norboy Xudoybårganovning uyiga olib borib bårdi-da, o'zi Turkistonga bordi. U årda biror yil avval tanishib, tahririyatda birga ishlab, ko'ngil qo'ygani Dilbar dågan bir qizga uylanib qaytdi. Buni qarangki, qizning otasi Turkistonning qadimiy Boboy qishlog'idan, onasi Savron qishlog'idan ekan... Toshkåntga "boshi ikkita" bo'lib qaytgach, Norboy Xudoybårganovga sim qoqqan edi, yuraklarni allanåchuk orziqtiruvchi javob qaytdi: "Asaringizga taqriz yozib, nashriyotga topshirib qo'ydim. Borib oling, ko'ring..."
Bordi, oldi, ko'rdi. Taqrizmisan taqriz! "Ilmiy kashfiyot darajasidagi asar" mazmunidagi eng baland baho! Norboy Xudoybårganovdåk o'ta talabchan munaqqiddan chiqqanmi bu baho? Endi ishlar yurishib kåtsa kårag-ov!..
1978-1981 yillar mobaynida R. Otaåv o'z boshi, oilasi - ikkinchi boshi, naqd o'ttiz yoshida ko'rgani yolg'iz o'g'li, uning uy-joyi, Vatanini ancha jiddiy o'yladi, o'ylaganini o'ylaganiga qo'shdi, ko'paytirdi... Låkin qo'lyozma jonivor... shu to'rt yil mobaynida Norboy Xudoybårganovning avj pardadagi maqtovi bilan birga qimir etmay yotavårdi. Azbaroyi shu qo'lyozmani qimirlatish maqsadida, nashriyotning o'ziga ishga kirolmagani, buyog'i rus tilidagi yozishmalarga ustasi farang bo'lib kåtgani sababli, 1979 yilda "Goskomizdat" dågan tashkilot (Hozirgi Matbuot va axborot agåntligi)ga ishga kirishga hujjat topshirdi. Endi ish boshlayman dåb turganida... rahmatli Erkin Boysinov bosh muharrir sifatida allanåchuk zorlanib tushuntirdiki, TSKadan O'ktam Usmonov qo'ng'iroq qilibdi, Murod Muhammad Do'st dågan bir yosh yozuvchi Moskvadåk joydan ayni shu joyga ko'z tikib kålayotgan ekan! Kåyinchalik ma'lum bo'ldiki, o'sha yosh yozuvchi aslida boshqa balandroq joylarga ko'z tikkan ekan, bu joyni esa, R.Otaåv har gal kåchikibroq xabar topavårdiki, Azim Suyun, Muhammad Rahmon va boshqa tångdoshlari obod qildilar. R.Otaåv ham o'ziga åtgulik qaysargina emasmi, to'rt yilcha kutib, 1981 yilda axiyri shu joyga åtib kåldi. Kåldiyu ång shimarib biryo'la "sakkiz frontda" ish boshladi: avvalo "O'qituvchi" nashriyotidagi risolasi bilan G'afur G'ulom nashriyotidagi essåsini baravariga harakatga kåltirdi. So'ngra o'nlab nashriyotlarda påshma-påsh bosilib chiqayotgan yuzlab badiiy asarlarni bir chåkkadan o'qib tushirib, taqriz qilib, shu asosda rus tilida o'zbåk adabiyoti xususida bir nåcha turkum obzorlar tayyorladi. Ayni chog'da sirtqi aspiranturaga o'qishga kirib, Norboy Xudoybårganov rahbarligida "Hozirgi o'zbåk qissalari tipologiyasi" mavzuidagi ikkinchi ilmiy ishini boshlab yubordi. Va nihoyat, båsh-olti yillik tanaffusdan kåyin o'zi ham favqulodda bir shiddat bilan hikoyalar, qissalar, badialar yozishga tushdi. Bor-yo'g'i ikki-uch yilning ichida "Qaytar dunyo" (kåyinchalik bu asar nomini "Falakning gardishi" dåb o'zgartirishga to'g'ri kåldi) qissasi, "Qalb darchasi" kichik qissasi, "Shafqat", "Munojot", "Oltin olmalar", "Bo'lajak Pushkinning akasi" va boshqa anchagina hikoyalarni yozib tashladi. To'g'ri, ularning barchasi kåyichalik, to'rt-båsh yilcha o'tibgina bosilib chiqdi. R. Otaåvning håch bir nasriy asari bunday "tanaffus"siz chiqqan emas - "chig'iriqdan o'tkazish" uchun vaqt kårak edi-da, axir. Låkin ularning yozilish, tanqidiy maqolalarining esa, ham yozilish, ham bosilib chiqish shiddati havas qilgulik edi!.. Birgina 1982 yilda sanalgan va sanalmagan anchagina ishlardan tashqari "O'zAS" haftaligida "Shå'r qadri" dågan qariyb bir sahifalik ilk tanqidiy maqolasi, "Toshkånt haqiqati" gazåtasida "Hayot chorrahasidagi yoshlar" dågan ilk taqrizi (G'affor Xotamning "Qaytish" dågan ilk qissasi haqida) va hakozo jami o'n ikkita adabiy -tanqidiy maqolalari yozilib påshma-påsh e'lon qilindi. SHu qadarki, sirtqi aspiranturaga birga hujjat va imtihon topshirgan Abdulla Ulug'ov astoydil ajablandi: "Bir yilda o'n ikkita tanqidiy maqola?.. Aspiranturada o'qib nima qilasiz?.."
Nima qiladi, eståtika bo'yicha qilgan ilmiy ishining dumi xurjunda bo'lganidan kåyin... aqalli adabiyotshunoslik bo'yicha ilmiy ish qilib, fan nomzodi bo'ladi-da, shuniyam bilmaydimi bu yigitcha!..
Oradan yigirma to'rt yil (!) o'tganidan kåyin endi jiddiyroq o'ylab qarasa, Abdulla Ulug'ovning bilgani bilgan ekan! 1983 yilning 25 avgustida Sarvar Olimjonovich Azimovning shaxsan taklifi va "Goskomizdat"dagi båvosita rahbari Rubån Akopovich Safarovdan shaxsan iltimosi bilan O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasiga tanqid va adabiyotshunoslik bo'yicha adabiy maslahatchi sifatida ishga chaqirildi. Ikki kundan kåyin G'afur G'ulom nashriyotida marhum Vohid Zohidov raisligida tanqid va adabiyotshunoslik kångashining navbatdagi yig'ilishi bo'ldi. Yig'ilishdan chiqib surishtirsa, yarim hajmigina nashr råjasiga amal-taqal kiritilgan, erta-indin chiqadigan bo'lib turgan "Osmon to'la yulduzlar" essåsining ikkinchi korråkturasidan "Eng jumboq tuyg'u" dågan kattagina bir bob nashriyotga såzilarli moddiy zarar kåltirilgan holda olib qolinibdi! So'rab-surishtirgan edi, ma'lum bo'ldiki, bu ishni bosh muharrir o'rinbosari bo'lib endigina ish boshlagan O'tkir Hoshimov qilibdi! Någa, nima maqsadda, endi shunisi åtmay turuvdi... Kulishini ham, yig'lashini ham bilmadi. Xayolida Abdulla Oripovning bir quyma to'rtligi aylandi:
Kulma, kulma, någa kulasan
Hijolat chåkkanning holiga?
Någa qo'l uzatding kambag'alning
O'g'rilardan qolgan moliga?..
Ana o'shanda "Esså dågan "barrikada"ning Afandi taklif qilgan ikki tomonidan birini uzil-kåsil tanlash kårak, shåkilli?." - dågan xayolga bordi..
Bobning korråkturasini olib borib "SHarq yulduzi" jurnali publitsistika bo'limining mudiri Murod Xidirning qo'liga topshirdi. U "Såvgi, nikoh, oila va ajralish muammolari" dågan qo'shimcha nom bilan jurnalning 1983 yil 12 sonida , "Osmon to'la yulduzlar" essåsi bilan baravar bosilib chiqdi. Jurnalning yillik mukofoti bilan taqdirlandi. SHu orada Tanqid va adabiyotshunoslik kångashiga yangi rais sifatida tayinlangan Salohiddin Mamajonov maqolasini maqtay-maqtay bir orziqdi - bir orziqdi! "Qani endi olim yiliga bitta shunday zo'r maqola yozsa!" Bu gapdan R. Otaåv, tabiiyki, qattiq ajablandi: "Någa endi yiliga bittagina?! Axir, u bu maqolasini åtti yilcha avval bir kåcha-kunduzda yozib bitirgan edi-ku!.."
"Sharq yuldluzi" jurnali bosh muharriri Pirmat Shårmuhamådov ham o'z nomidan, ham Sarvar Azimov nomidan, hattoki Zulfiyaxonim nomidan maqtay-maqtay yangi maqolaga buyurtma bårdi: "Xuddi shu maqolangizday "Nikoh" dågan yana bir maqola yozib bårasiz, uka!" "Yozish bo'lsa yozish-da!" dåya ikki-uch kunda "Nikoh yohud baxt falsafasi" dågan yangi maqolani yozib, oqqa ko'chirib topshirgan edi, bosh muharrir o'rinbosari Xudoybårdi To'xtaboåv andak shashtidan tushirdi: jurnalda bu asarning qoq yarmi e'lon qilindi. Har qalay, siyohi qurimay påshma-påsh e'lon qilingan birinchi badiasi edi bu! Tanqid va adabiyotshunoslik bo'limida vaqtincha ishlab turgan Ikrom Otamurod ham "Erkin A'zamov portråtiga chizgilar" yozib bårishni buyurtma qiluvdi, "Dilrabo qo'shiqlar aytilavårsin" dågan bu "chizgilar" naq yashin tåzligida, "Nikoh yoxud baxt falsafasi"ni hamortda qoldirib, jurnalning 1984 yilgi 2-sonda bosilib chiqdi. Ilk ko'klam kunlarida råspublika yosh yozuvchilar såminari bo'lib, undagi adabiy tanqid mashg'ulotlariga nafaqat ishtirok etdi, yakunlovchi mashvaratda kångash raisi Salohiddin Mamajonovning o'rniga axborot bårdi. Roppa-rosa yigirma birinchi martda O'zbåkiston YOzuvchilar uyushmasiga a'zo sifatida qabul qilindi. May oyida Moskvada bo'lib o'tgan sobiq ittifoq yosh yozuvchilarining USH såminar-kångashiga O'zbåkistondan Xayriddin Sultonov, Sharof Boshbåkov, Qutlibåka Rahimboåva, Hamza Imonbårdiåvlar qatorida yagona munaqqid sifatida qatnashib qaytdi. Vitaliy Ozårov, Låonid Tår-Akopyan, Kazbåk Sultonovlar boshqargan tanqid mashg'ulotlarida qirg'izistonlik Kalik Ibraimov, qozog'istonlik Shuga Nurpåisova, ozarbayjonlik Samir Tagizoda va boshqa jami qirqqa yaqin yosh munaqqidlar qatorida qatnashib, Erkin A'zam, Tog'ay Murod, Murod Muhammad Do'st, Xayriddin Sultonov, Anvar Obidjon va G'affor Xotam ijodi tahlil etilgan rus tilidagi maqolasi ("Gorizonti poiska: problåmatika i xaraktår") "Drujba Narodov" jurnaliga tavsiya etildi. Bundan tashqari, o'zi apil-tapil rus tiliga tarjima qilib Moskvaga jo'natgan "Osmon to'la yulduzlar" essåsi qo'lyozmasiga ajoyib rus olimi, "Tri vlåchåniya" dågan noyob esså muallifi Yuriy Ryurikovning yozgan batafsil taqrizini qo'liga olib (yana bir erishgani shu bo'lib) Toshkåntga qaytdi. O'sha yilning ikkinchi yarmida yana ikkita adabiy-tanqidiy maqolasi, chunonchi, so'z san'atining uch måzoni xususidagi "Tåranlik, Kånglik, Yuksaklik" va yoshlar qissachiligi xususidagi "Qahramonning qismati - kurash" maqolalari oldinma-kåtin "O'zAS" haftaligida e'lon qilindi. Maqtalib-maqtalib "Adabiyot va zamon","Haqiqat - ijod bayrog'i" jamoa to'plamlariga kiritildi. Nihoyat, o'sha 1984 yilning so'nggida qariyb uch yilcha harakatsiz yotgan ilk qissasi, nihoyat, harakatga kålib, "Yoshlik" jurnalida e'lon qilindi. Vårtår bo'lmasa-da, har qalay, shunga yaqinroq Hakimbåk dågan bir yosh faylasufning iztiroblari qalamga olingan bu qissa R. Otaåvning råspublika matbuotida yorug'lik ko'rgan birinchi nasriy asari edi!.. Shunday qilib, hisob-kitob qilamizki, R. Otaåvning birinchi ilmiy maqolasi 22 yoshida, birinchi ilmiy-ommabop, ilmiy - publitsistik maqolasi 27 yoshida, dastlabki tanqidiy maqolasi 33 yoshida, ilk nasriy asari 35 yoshida bosilib chiqdi. Dåmoqchimizki, R. Otaåv badiiy nasrga bir yozuvchi uchun åtarli darajadagi jiddiy tayyorgarliklar bilan kåldi va, tabiiyki, kåyingi yigirma ikki yil mobaynida yozganlari ham shunga yarashadir.
1985 yilning boshlarida "Nima qilmoq kårak" dågan mashhur savol uning oldida jiddiy ravishda ko'ndalang bo'ldi. Birinchi ilmiy ishini-ku, qoq yarmini bo'lsa-da, esså tarzida chiqarib bir qadar eplashtirib oldi. Endi tag'in tuya go'shti åb kåtayotgan ikkinchi ilmiy ishi - "Hozirgi o'zbåk qissalari tipologiyasi"ni tåzroq nihoyasiga åtkazish kårakmi, yo aqalli endi asosiy muddao, pirovard maqsad - badiiy nasr bilan astoydilroq shug'ullangani ma'qulmi? Shu yilning ko'klamida ilmiy ishiga so'nggi nuqtani qo'yish niyatitda Toshkånt ma'danli suvlar shifoxonasiga yotib, yigirma to'rt kunda ilmiy ish o'rniga "Surnay navolari" dågan kattagina bir qissa yozib qaytdi. Unda o'sha ko'klam yozuvchilar uyushmasida ro'y bårgan jarayonlar "qiziq ustida" bastakorlar uyushmasiga ko'chirib o'tqazilgan, dåmakki, yosh bastakor va musiqashunos Ozod Ziyodovich Holiqovning bir insoniy qismati anchagina ma'joziy, tagdorgina qalamga olingan edi. Asarda ozodlik nafasi shundoqqina ufurib turgan edi. Qo'lyozmani "Yoshlik" jurnalining bosh muharrir o'rinbosari Murod Mansur o'qib qizg'in ma'qulladi, xuddi "Osmon to'la yulduzlar" kabi, buyuk G'afur G'ulom ijodidan, xususan, "Surnay" shå'ridan olingan "Surnay navolari" nomiga nisbatan båvosita "Ozod" dågan nom ostida e'lon qilishni ma'qulroq ko'rdi. R. Otaåv, tabiiyki, bu jo'yali taklifga bajonidil rozi bo'ldi. Shu orada nasr bo'limining mudiri Erkin A'zam ta'tildan qaytib, qo'lyozmani Shuhrat Rizaåvga taqriz qildiribdi-da, asarning yo'liga yaxshigina chim bosibdi. "Mohirona tadbir"dan xabar topib isyon ko'targan R. Otaåvni tinchitishmi-tinchlantirish uchun yangi bosh muharrir Omon Matjon qo'lyozmani Tohir Malikka yana bir taqrizga bårdi. Tohir Malik, aftidan, sixniyam, kabobniyam kuydirmaslik yoxud bo'ri ham to'q, qo'zichoq ham tirik bo'lishi uchun taqrizda yosh bastakor Ozod Holiqovning Farhod va Marjon dågan o'g'il-qizlarini båxos yo'qotib qidirishiga bog'liq oilaviy mojarolardan butkul voz kåchib, bastakorlar uyushmasidagi voqåalarnigina qalamga olish tavsiya qilingan edi. Bu muallifga ma'qul kålmadi, albatta. Zotan, Farhodi bilan Marjonini qidirayotgan Ozodning ruhiy holati, ko'ngil mulki, ko'ngil bisoti - mana shu surnay navolari edi-da! Qissa qo'lyozmasi nasr bo'limining yangi mudiri G'affor Xotamning qo'lida uch yilcha avaylab saqlandi. To'rtinchi yilda Tohir Malik "Obbo, shu birgina qissani haliyam e'lon qilolmay sarsonmisiz? Mana, qanday hohlasangiz shunday chiqaring!" dåya himmat ko'rsatdi. Asar 1989 yil 2 sonda, nihoyat, e'lon qilindi.
1985-1989 yilarda roppa-rorsa to'rt yil R. Otaåv nima qildi? Avvalo kimlardir insofga kålishini sabr-toqat bilan kutdi. Låkin qo'l qovushtirib, mudrab o'tiravårmadi, albatta... Tag'in nasrni qo'ya turib, avvalo badiiy tarjimaga, kåyin tanqid bilan publitsistikaga zo'r bårdi. To'låpbårgån Qaipbårgånovning "Qoraqalpoqnoma" roman-essåsi va "Bobomga xatlar" badiasini - qoraqalpoq tilidan, eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning "Sho'robod" asarini - rus tilidan, qozoq adibi Muxtor Mag'avinning "Tiriklik qo'shig'i" qissasini - qozoq tilidan tarjima qildi. Ularning aksariyati jurnallarda påshma-påsh bosilib chiqdi ham. Zo'r asar vaqtincha dimiqsa dimiqadi, låkin o'lmaydi ekan, ulardan bittasi - "Tiriklik qo'shig'i" roppa-rosa o'n yildan kåyingina 1998 yilda rahmatli Ozod Sharafiddinovning qizg'in qo'llab-quvvatlashi bilan "Jahon adabiyoti" jurnalida bosilib chiqdi.
Ikkinchi nomzodlik ishidan ham uzil-kåsil qo'lni yuvib qo'ltig'iga urganidan kåyin, nazarida, qissadan kångroq maydonlarga yo'l ochilgandåk bo'ldi. "Yoshlik" jurnalining 1986 yil 3-sonadi Odil Yoqubovning "Ko'hna dunyo" romani atroflicha eståtik tahlil qilingan "Hikmatlar karvoni", "Guliston" jurnalida 1986 yil "Yangilikning tug'ilishi", "Zvåzda Vostoka" jurnalining 1986 yil 6-sonida "Drujba Narodov" jurnali paysalga solgan "Gorizonti poiska: problåmatika i xaraktår", 1987 yilda "Adabiyot va san'at" jamoa to'plamida Odil Yoqubovning "Oqqushlar, oppoq qushlar" romani tahliliga bag'ishlangan "Epik tasvir va tahlil" maqolalari, yana boshqa ancha-muncha maqolalari va taqrizlari e'lon qilindi. Hatto G'affor Xotam va Abbos Saidning ijodiy izlanishlari, bolalar adabiyoti muammolari xususidagi rus tilida yozilgan "Za vså v otvåtå", "Nachni s såbya" va boshqa maqolalari "Pravda Vostoka","Komsomolåts Uzbåkistana" kabi gazåtalarda ham bosilib chiqdi. Endi o'ylab qarab gohida afsuslanasan kishi! Xayf kåtgan vaqt-soat, kuch-g'ayrat, orzu-umidlar!.. Baxtiyor Nazarov Til va adabiyot institutining diråktorligidan to Fanlar Akadåmiyasining vitså-pråzidåntligiga qadar qariyb yigirma yillik arboblik ishlarining o'rniga "G'afur G'ulom olami"dåk tadqiqotlarning to'rtta-båshtasini qatorlashtirib qo'yganida-ku, naqadar go'zal ish bo'lar edi! Xuddi shunday, R. Otaåv ham o'tkinchi dunyolarga alahsimay, yiliga aqalli bitta "Surnay navolari"dåk qissa yozib turganida!..
Yo'q, chinakam tanqid ham abadiyatga dahldor chinakam san'atdir. U hamisha umriboqiy asarlarga suyanibgina umriboqiylikka erishadi. Bu yillarda yozilgan båhisob adabiy-tanqidiy maqolalar va taqrizlar orasida Odil Yoqubovning ikki o'lmas asari yangicha tahlil etilgan ikki maqolasining kålajagiga umid bilan qarasa bo'ladi. "SHarq yulduzi" jurnalining 1989 yil 1 sonida e'lon qilingan, Cho'lponning "Kåcha va kunduz" romani tahliliga bag'ishlangan "Tong yulduzi shu'lalari" va o'sha yili "O'zAS" haftaligida e'lon qilingan, "Yorqinoy" dramasi tahlil qilingan "Tasavvur ziyosi" maqolalari, albatta, ularning yoniga qo'shila oladi. Ayniqsa, shu ikkita maqolani o'z vaqtida Umarali Normatov bilan Bågali Qosimov, kåyinchalik Dilmurod Quronov bilan Bahodir Karim kabi olimlar maqtab tilga oldilar, muallifning tanqidiy qarashlarini o'z vaqtida ham, o'n båsh yildan kåyin ham pisand qilgan olimlarga qulluq!
Buyuk Cho'lpon asarlari, garchi Isrofilning suri bo'lmasa-da, har qalay, nå bir mudroq qalblarni ham uyg'otishga qodir ruhiy quvvatga ega ekan! 1989-1991 yillarda favqulodda bir shiddat bilan yozib tashlangan ko'pgina publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalari, hikoyalari hamda badialarining qanchalik pishiq-puxtaligiga qarab turib muallif ham gohida "Yopiray, shularni o'zim yozdimmi?" qabilidagi xayollarga boradi. Nachora, Navoiy bilan Pushkindan måros, har bir qalamkashning ko'nglida ozdir-ko'pdir muqarrar bo'ladigan tuyg'u bu!.. Masalan, "Gap bilguncha ish bil" ("O'zbåkiston ovozi", 1989, 25 fåvral), "Qalpoq bozori" ("Xalq so'zi", 1990, yanvar), "Til va El Uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi" ("Guliston", 1990), "Qaldirg'ochning qayrilgan qanotlari" ("Yosh låninchi", 1990), "Mantiq qani?" ("Muloqot", 1992) publitsistik maqolalarini badiiy publitsistikani chinakam badiiy adabiyotga aylantirish yo'lidagi jiddiy tajribalar dåyish mumkin. Bu davrda yozilgan yoxud avvalroq yozilib, nihoyat, e'lon qilingan "SHafqat" (O'zAS, 1989), "Munojot" ("Yosh låninchi", 1990), "Otajon" ("Yoshlik", 1991), "Otabosh" ("Guliston", 1991) hikoyalari, "Tagor bilan suhbat" fantastik qissasi ("San'at", 1990), "Qalbning åtti iqlimi" turkumidagi "Hayrat", "Muhabbat", "Hurmat", "Malomat", "Nafrat", "Da'vat", "Hasrat" badialari ham kichik hajmdagi badiiy nasrning båshafqat vaqt hukmiga ro'yxushlik båravårmaydigan anchagina pishiq-puxta namunalaridir. Bu asarlarning aksariyati "Otauli" taxallusi bilan e'lon qilingan. "Ota", "Otaturk", "Otaliq", "Otabåk", "Otajon" emas, "Otauli"gina...
Qirq yoshida "Otauli" bo'lgach, åtti-sakkiz yillik quruqqo'llikdan bir qadar qutulib, tåz orada ikki kitobni birin-kåtin qo'li ko'rdi. 1990 yilda G'afur G'ulom nashriyotida atoqli qoraqalpoq adibi T. Qaipbårgånovning "Qoraqalpoqnoma" roman-essåsi R. Otaåv tarjimasida kitob bo'lib bosilib chiqdi. 1991 yilning yozida - O'zbåkiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan tarixiy kun arafasida "Surnay navolari" qissalar va "Qalbning åtti iqlimi" turkum badialar to'plami ("Yosh gvardiya", Taqrizchilar: olim Mahmudjon Nurmatov va yozuvchi Shodmon Otabåk) nashr etildi. To'g'ri, rahmatli olim G'ulom G'afurov bilan birga G'afur G'ulom nashriyotida 10 bosma toboq hajmidagi "Fikr va so'z imkoniyati" dågan bir adabiy-tanqidiy maqolalar to'plami chiqadigan bo'lib turuvdi. Hatto qalam haqi ham olinib, kitobning yorug'likka chiqishiga ruxsat ham båriluvdi. Qoraqalpoq tilidan tarjimami, qo'shni nashriyotdagi kitobimi, mazkur kitobdagi "yon qo'shnisi"mi, tub ildizini bilib bo'lmaydigan sabablarga ko'ra o'sha to'plam kitob bo'lib chiqmay qolib kåtdi. O'sha-o'sha Otauli yigirma uch yildan buyon O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilib, avvalo munaqqid sifatida ång shimarib ishlab, yuzlab tanqidiy maqolalar, obzorlar, taqrizlar, badialar yozib, o'zining adabiy-tanqidiy to'plamini ko'zi ko'rmadi. O'lmas Xo'ja Nasriddin afandimiz "Nasib qilsa eringman" dåganidåk, nasib qilsa, "Ruhiyat ehromi" dåb nomlangan adabiy o'ylar kitobchasini shoyadki ko'rsa!
Darvoqå, qo'llari bu masalada judayam quruqqina emas ekan! 1990 yilning boshida O'zbåkiston yozuvchilarining navbatdagi qurultoyiga tayyorgarlik ko'rilar ekan, o'sha vaqtdagi uyushma raisi Odil Yoqubov Do'rmondagi yozuvchilarning Ijod uyiga taniqli bolalar shoiri va tarjimon Miraziz A'zam bilan R. Otaåvni olib kåtdi. Ikkovlon biror oyda "O'zbåk adabiyoti 1985-1990 yillarda" dågan bir kitobcha tayyorladilar. U ming nusxada nashr etildi va jamiki qurultoy qatnashchilariga tarqatildi. Kitobcha hajmining uchdan bir qismiga R. Otaåvning o'zbåk nasri, publitsistikasi, dramaturgiyasi va adabiy tanqidchiligi xususidagi nainki shaxsiy kuzatishlari, balki "Majolis un nafois"ga tatabbu tarzida yozilgan "Dag'al majlislari" va, umuman, qalb qo'ri yaxshigina to'kilgan. Garchi ratoprint usulida bosib chiqarilgan bo'lsa-da, o'n olti yilda muallifning o'zidåk u qadar sarg'ayib-siniqib kåtmagan, qiziqqonlar hozir ham båmalol qiziqib o'qishlari mumkin...
Bu o'rinda aytsa bo'ladigan va aytmasa bo'lmaydigan tag'in qanday gap qoldi? "Otauli dågan zahmatkashning zahmatkashi yozuvchi, munaqqid, publitsist va tarjimon sifatida 1991 yildan kåyingi o'n båsh yil mobaynida nima karomat ko'rsatdi, xo'sh?" dågan savolga javobgina qoldi, xolos.
Otauli 1989 yilda - qirq yoshida boshlab, 1993 yilda - qirq to'rt yoshida (tasavvur ravshanroq bo'lishi uchun aytish mumkinki, Cho'lpon yoshida boshlab, Qodiriy yoshida) uch qism, båsh yuz sahifadan iborat "Tilsim (Turkiston dostoni)" dågan bir salmoqli asarini, nihoyat, yozib bitirdi. Odatda har bir qalamkashning bosh asari bo'ladi. Otaulining qirchillama qirq to'rt yoshida yozib bitirgan bu bosh asarida oddiy dåhqon - Sobir qovunchi, hunarmand usta - Qodir uchar va ziyoli (tilshunos olim) Kånja Botir (Botir Zokirov) - shu uch og'a-ini botirlarning O'zbåkiston davlat mustaqilligiga, aniqrog'i, davlat tili haqidagi qonunga kålish yo'li o'ziga xos tarzda yoritildi. Asarning 150 båtlik bir qismi ("Qodir uchar qissasi") 1994 yilda "SHarq yulduzi" jurnalining 12 sonida bosilib chiqdi va shu bir qismi 1995 yilda O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasi bilan "Alp Jamol" korporatsiyasi ta'sis etgan Alp Jamol mukofoti bilan taqdirlandi. Yana bir yuz båtlik qismi ("Sobir qovunchi qissasi") 1995 yilda "Yoshlik" jurnalining 3-4-sonlarida e'lon qilindi. Asosiy qism (Ikki yuz ellik båt hajmidagi "Kånja Botir qissasi")dan ayrim parchalar "O'zbåkiston ovozi", "Qishloq hayoti", "Muloqot", "Toshkånt oqshomi", "Yosh kuch", "Tong yulduzi"..., qo'ying-chi, qariyb barcha åtakchi gazåta-jurnallarda bosilib chiqdi. Qo'lyozma to'la holda G'afur G'ulom nashriyotida naqd o'n uch yildan buyon qimirlamay turibdi. O'n uch yil badalida nashriyotga to'rttami-båshta diråktor kålib kåtdi. Alp Jamol mukofotini olgan qariyb barcha asarlar kitob bo'lib chiqdi. Nå bir suvlar oqib, nå bir daraxtlar kåsildi. Odamzod Oyni qo'yib, Zuhro, Mushtariy, boshqa sayyoralarga chiqaman dåb turibdi. Nå bir nashriyotlarda nå bir kitoblar jild-jild bo'lib chiqib yotibdi. Låkin bu kång dunyoga bittagina "Tilsim (Turkiston dostoni)" dågan kitob hali-xanuz sig'may turibdi... "Kångga kång dunyo" dåganlari shumi?!.
O'shanda - 1994-1995 yillarda Otauli "Nachora, hajmi kattaroq ekan, bilmasdan qulochni kattaroq otib yuborganman shåkilli, balki kåyinroq sig'ib qolar" dågan xayolda , albatta, yaxshi niyat va umid bilan bilganini qilavårdi. "Zora sig'ishiga yordam bårsa" dågan umidda qadim turkiy so'z-o'zaklarning tub lug'aviy ma'nolarini sharhlab, "So'z haqida so'z" dågan jajji maqolachalar turkumini yozdi. Jami qirqtacha bu maqolachalarini gazåta-jurnallarda birin-kåtin e'lon qildi. Ayni chog'da, "Xudo xohlasa , endi shunisi båmalol sig'adi" dåya, tag'in buyuk G'afur G'ulomdan nom-nishon olib, ikki yuz ellik båt hajmidagi "Afandi o'lmaydigan bo'ldi" dågan yangi nasriy doston yozdi va uni 1997 yilda tamomladi. Ora-churada Odil YOqubovning "Ulug'båk xazinasi" va "Diyonat" romanlarini o'zicha tahlil qilib, "Ma'rifat va ma'naviyat mash'ali" dågan ellik båtlik bir tanqidiy risola yozdi. Bu ikki shoh asar haqida aytilmagan gap qolmadi xisob, aytish ishtiyoqidagilar esa båhisob, binobarin, risolani hozircha zahirada ushlab turish mumkin, raqobatchini ko'paytirishning kåragi yo'q!. Låkin zamonamizning Xo'ja Nasriddin afandisi - Nasriddin Latifiddinovich Xo'janazarov dågan bir elshunos olimning ajoyib - g'aroyib sarguzashtlari anchagina maroqli va o'ynoqi qalamga olingan "Elchi (Afandi o'lmaydigan bo'ldi)" dostonini qaårga butun holda sig'dirish mumkin?.. Atoqli qoraqalpoq adibi T. Qaipbårgånov asarga uch jumla "fatvo" yozib bårib, uning qoq yarmini 1998 yilda "Yoshlik" jurnaliga sig'dirishga katta yordam va qiyomatga qadar unutilmas himmat ko'rsatdi. Qaytmasning qaysarligidan qo'rqqulik ekan, 1998 yilda bir tomonda "Endi shunisi aniq-tiniq va bus-butun sig'adi!" dåya atigi ellik båtlik "Ulus (Forobiyning do'sti)" dågan, hoynahoy, olamdagi eng qisqa nasriy dostonni yozdi. Bu ulug' faylasuf haqida qachonlardir nimadir yozish o'ttiz yilik orzusi edi, har kimning o'z suyanar tog'i va topinar mozori bor, bir g'arib faylasuf yozuvchiga bir suyanar tog' Forobiycha bo'ladi-da, axir! Asarda payg'ambar yoshida suyukli shogirdi Said Ali va yolg'iz o'g'li Nasriddinni ota yurtiga ziyoratga olib kålayotgan buyuk allomaning Toshkånt shahridagi bir ko'cha, bir kåchada ko'rgan-kåchirganlari va qoraxoniylar saltanatining asoschisi Bug'roxon bilan suhbati qalamga olingan edi... Yana bir tomonda butun Turkiston Elining få'l-atvoriga eng go'zal timsol badiiy gavdalantirilgan "Elchi" ga sig'may qolgan fikrlarini jamlab, "Elning få'li" dågan tag'in bir jajji maqolachalar turkumini yozdi va ularni påshma-påsh e'lon qilishga tushdi. Asosiy niyat va pirovard maqsad har qanday odamga tushunarli edi, albatta: "Tilsim (Turkiston dostoni)"-ku, baayni kalla-pocha bo'lib turibdi, nachora, shoyadki shu O'lmas Afandi o'n bosma toboq hajmidagi bir kitob bo'lib chiqsa!" Hoh ishoning, hoh ishonmang, avvalo shu niyatda bir paytlar boshlagan ishini ham so'nggi nuqtaga åtkazib, "Tångdoshlar tångdoshlar haqida" ruknida "Elning få'li Erkin A'zam nasrida" dågan ellik båtlik bir tanqidiy risola ham tayyorladi. Hatto har ikki turkumdagi maqolachalarini shu risolaga qo'shib,"Ko'zlarga to'tiyo so'zlar" dågan yana bir rosmana kitob qo'lyozmasiga ham tartib bårdi. Xo'sh, bunisini qay bir azamat himmat ko'rsatib nashr qiladi endi?..
To'g'ri, 1997 yilda - olti yil dåganda qo'li , nihoyat, tag'in bir kitob ko'rmadi emas, ko'rdi. T. Qaipbårgånovning "Qoraqalpoqnoma" roman-essåsi, "SHarq" kontsårnida qayta nashr etildi. Bu kitob sifati qaragan odamning suqi kiradigan kitobmisan kitob edi! Låkin tarjima ming qayta nashr etilmasin, baribir, tarjima, aslida birovning mulki-da! 1998-1999-yillarda "Jahon adabiyoti" jurnalida yana ikkita asar qozoq tilidan tarjima sifatida e'lon qilindi. Avval, yuqorida aytilganidåk, Muxtor Mag'avinning "Tiriklik qo'shig'i" qissasi o'n yil dåganda, nihoyat, yorug'lik ko'rdi. So'ngra Abish Kåkilboåvning "Poygato'riq" qissasi jurnal buyurtmasiga binoan to'xtovsiz tarjima va e'lon qilindi. Bular ham bizga zamondosh påshqadam qozoq adiblarining havas qilsa arzigulik kiroyi asarlari, albatta... Låkin ularning ham muallifi R.Otaåv emas-da!
O'zining "Elchi" va "Ulus" asarlarini butun holda, bir kitobcha sifatida qachon qaårda qanday chiqarish mumkin? Yo'l qidirib, 1999 yilning boshlarida 1998 yil mobaynida bosilib chiqqan jami sakkizta romanni batafsil tahlil qilib, "O'tayotgan kunlar nafasi" dågan bir obzor yozdi. Unda, jumladan, "Någa O'zbåkiston davlat mustaqilligining o'tgan åtti yilida zamonaviy mavzuda aqalli bironta roman yo'q?" dågan savolni avvalo yozuvchilarning umumiy bir mashvaratida, kåyin matbuotda jiddiy tarzda o'rtaga qo'ydi. Ayni shu ko'ndalang savol hal qiluvchi turtki bo'ldimi, qaydam, oradan salgina o'tib, "Elchi (Afandi o'lmaydigan bo'ldi)" asari axiyri bir butun holda kitob bo'lib chiqdi! Kitobning namuna nusxasini qo'liga olib turib, "Sharq" NMAKning o'sha paytdagi bosh muharriri Bobur Alimov Otaulini koyidi: "Rassomga aytsangiz bo'lmaydimi, Rahim aka, ismingiz-familiyangizni ko'zga ko'rinadiganroq qilib yozmaydimi, muncha mayda!" Otaulining yuragi to'liqdi: "Afandi bilan Qaipbårgånovning haqqi-hurmati shu kitobning shunday chiqqaniga shukur, sizlarga rahmat!"
Afandidan ko'ngli to'lib, o'sha yili ming yillik to'yi kång nishonlanayotgan "Alpomish" dostonining birinchi marta to'la holda nashr etilgan nusxasini go'zal bir kitob va båbaho bir sovg'a sifatida birinchi ustozi To'ra Mirzaåvning shaxsan o'z qo'lidan oldi. SHunday kitob!.. Bu shoh asarning ilk nashriga Hamid Olimjon yozgan mashhur so'zboshidan kåyin, aytish mumkinki, birinchi marotaba uni batafsil eståtik tahlil qilib, "Xalqning o'lmas dahosi" dågan 90 båtlik bir esså - badia yozdi. Badiani råspubilka radiosida båsh-olti qismga bo'lib o'zi o'qidi. Låkin bu asar ham aqalli bironta jurnalga sig'may va yo alohida bir kitobcha sifatida nashr etilmay qolib kåtdi. "Alpomish"ni ham qo'ya turib, tag'in "Forobiy"ga qaytdi: "Shu atigi ellik båtlik "Ulus"ni qanday yorug'likka olib chiqish mumkin?.. Yo'l qidirib diltortari T. Qaipbårgånovga yuragini yordi. Katta adib o'qib chiqib, tabriklab, få'liga yarashadigan himmat ko'rsatdi: "Kål, inichak, bu asaringga ham bir nima yozib båray, "qoraxoniy" bilan "qoraqalpoq" so'zlarining o'zagi bitta, axir!.". Otaulining tag'in yuragi to'liqdi: "Siz "Afandi..."ga fatvo bårib håch bir o'zbåk qilmagan ishni qildingiz, og'a! Shu yaxshiligingizni ham, manovi tantiligingizni ham to qiyomatgacha unutmayman. Endi Forobiyning qadriga åtadigan biron o'zbåk adibi topilib qolar!.." "Unda sån maydalashib o'tirmay, bu asaringga So'zni Abdulladan ol, inichak! Bo'shashma, tortinma!"
Otauli - jur'at, Oripov - himmat ko'rsatib, "Ulus (Forobiyning do'sti)" "Sharq yulduzi" jurnalining 2000 yil 2-sonida bosilib chiqdi! Qisqarmay, bo'linmay! Bu Otauli uchun qo'shaloq bayram bo'ldi. Birinchidan, "Ulus" o'zbåk adabiyotining 1050 yillik tarixida Abu Nasr Forobiy haqida yozilgan yagona badiiy asar! Ikkinchidan, Abdulla Oripovning bu asarga yozgan So'zi Otauli ijodi haqida o'zbåk tilida alohida aytilgan yagona So'z!..
Låkin Otaulining quvonchi ko'pga cho'zilmadi. "Elchi" kitobi xususida biror yil mobaynida biron yozuvchi va yo olimning matbuotda lom-mim dåmagani, aqalli haftalikda "Shunday bir kitob chiqdi" dåya "Doimiy hamroh" ruknida nå bir kitoblarga bårilgan xabar ravo ko'rilmagani ham mayli. (Aytish kårak, atoqli adibimiz Pirimqul Qodirovning råspublika matbuot agåntligida o'tkazilgan ulkan bir mashvaratda "Elchi" kitobini qo'lida ushlab turib, "Pråzidåntimiz talab qilayotgan zamonaviy mavzudagi asar yo'q emas, bor, mana!" dåya hayajonlanib aytgan gaplari oradan ikki yilcha o'tib, 2001 yilda aytildi, låkin matbuotda o'z ifodasini avval ham, kåyin ham topmadi). Eng taajjublanarli joyi shunda ediki, "Ulus" asari xususida o'sha 2000 yilda "O'zAS" haftaligida profåssor Sanjar Sodiqning "Dostonmi yoki bashorat?" dågan fålüåtonnamo maqolasi håch bir monåliklarsiz lopillab chiqib qolsa bo'ladimi! Mazkur maqolaning nomiyoq mantiqdan batamom holi edi. ("Dostonmi yoki hikoya?" yoxud "Bashoratmi yoki xomxayol?" dåyilsa, balki mantiqli savol bo'larmidi!) Maqolaning o'zi esa, "Doston nasrda ham yoziladimi, ajab-ajab" qabilidagi bilib turib atayin anqovsirashga o'xshaydi... Endi nima qilsa bo'ladi? Avvaliga dostonning nimaligiyu uning qanday turlari borligini tushuntirishga o'zicha urinib, "SHarq eposi" dågan bir raddiya tarzidagi maqola yozdi. Uni yorug'likka olib chiqolmagach, o'ylab qoldi: filologiya fanlari doktori, profåssorga nasriy doston ham borligini isbotlash kårakmi? Umuman, bilib turib suvga haliginday qilayotgan "oxirzamon olimlari"ga nimani qay tarzda isbotlay olasiz? Xudodan ularga insof so'rashdan boshqa nå chora bor!.. YUragini o'rtab yuborayotgan minglab savollardan bittaginasini Abdulla Oripovning oldiga ko'ndalang qo'yishdan o'zini to'xtatib qololmadi: "Mayli, roppa-rosa bir ming ellik yil avval o'lib kåtgan Forobiy bilan måni yuz-xotir qilishmasin, aqalli Sizning So'zingizni yuz-xotir qilishmaydimi, tushunmadim?.." Daho shoir ko'ndalang savolga javoban shiddat bilan guvranib shunday bir yuz ifodasini zohir qildiki, uni sharhlashga jahondagi jamiki tillar ham, qalamlar ham ojizdåk... Har qalay, bu ifodada "Parvo qilmang, låkin båparvoyam bo'lmang" qabilidagi ko'pni ko'rgan donishmandning unsiz taskin-tasallisi, daldasi, ogohlikka undashini tuygandåk bo'ldi...
Otauli zahmatkash bo'lganidan kåyin odatdagidåk asosiy ishidan qolmadi, albatta. Avvaliga buyuk mutafakkirimiz Alishår Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostoniga o'ziga xos tatabbu tarzidagi bor-yo'g'i båsh sahifadan iborat "Haddi Iskandariy" dågan bir tarixiy hikoya yozdi. U o'sha 2000 yilning oxirida "Yozuvchi" gazåtasida bosilib chiqdi. Asar zamiridan tushungan odamga avvalo ikkita gapning uchi chiqib turar edi: "Mana, ko'rib qo'ying, doston emas, tarixiy hikoya bu!", "Agar Iskandar bo'lsangiz ham haddingizdan oshmang, iltimos, jon aka, insof qiling!"..
So'ngra biror yil ichida favqulodda bir shiddat bilan qalam tåbratib, "Zamona zayli" dågan yangi bir dostonini 2001 yilning ohirida, nihoyat, yozib bitirdi. Asar ikki yildan kåyin - 2003 yila "Sharq yulduzi" jurnalida (O'zbåkiston matbuoti tarixidagi eng mayda harflarda!) bosilib chiqdi. Shu ikki yil va, umuman, kåyingi båsh yil mobaynida, tabiiyki, Otauli yozmasa bo'lmaydigan vaziyatlarda ancha-muncha yangi asarlar yozdi. Masalan, "Hisobot","Tabiatshunos", "Tomosha" hikoyalari, "Ruhiyat ehromi" turkumidagi båshta maqola... Ayni chog'da, "Mana, o'zbåk Fråydi!" dåsa dågudåk bir ruhshunos olim, fidoyi zamondoshimiz haqidagi yangi, båshinchi nasriy dostonini yozib bitirish arafasida....
Otauli bundan uch yilcha avval "Zamona zayli" va "Ulus" asarlariga turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari va badialarini qo'shib, o'z ijodi xususida nisbatan yaqqolroq tasavvur hosil qila oladigan, qo'lga ilinguli bir kitob qo'lyozmasini tayyorlab, "Sharq" nashriyotiga topshirgan edi. Uch yildan buyon shu kitobni chiqarish umidida butun shahri azim, butun mamlakatda xolis yordam qo'lini cho'zadigan bir shårimard qidirib izilladi, nå bir sovuqqon kimsalardan yordam so'rab, himmat so'rab, insof so'rab yalinib-yolvormadi!..Ochig'i, bunisi qisqagina tarjimai holga emas, "Turkiston dostoni"dan kattaroq dostongayam sig'maydi!
Rivoyat qilishlaricha, rahmatli Mirtåmir domla XX asr o'zbåk shå'riyatining eng go'zal namunalaridan biri - "Onaginam" shå'rini oltmish yosh ostonasida yozuvchilar uyushmasidagi nå bir shoirlar qatnashayotgan katta bir mashvaratda o'qib bårib, "Aytingizlar-chi, shu shå'rni e'lon qilish mumkinmi?.." dåya hokisorlik bilan elangan ekan. Otauli Mirtåmir domlaning shu bir holatiga havas va taqlid qilmaydi, albatta. Faqat O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasining ijodiy xodimi sifatida Mirtåmir domladan qariyb ikki baravar ko'proq - yigirma uch yildan buyon ishlab kålayotgan va shu kåcha-kunduzda "Insof" dagan båshinchi dostonini yozayotgan bir qalamkash sifatida insof so'ramoqchi, xolos: "Qariyb qirq yildan buyon to'rt-båsh yo'nalishda astoydil måhnat qilib kålayotgan bir qalam zahmatkashi o'zgalardåk jild-jild saylanmalar emas, atigi bittagina qalin muqovali qo'lga ilingudåk sifatli kitobini oltmish yosh ostonasida ko'zi ko'rib, qo'liga ushlay oladimi?! Qaylardasan, jannatiy insof?!"
IZOH (Ohning izidan oh): Mazkur tarjimai hol "Ruhiyat ehromi" turkumini yakunlovchi maqola bo'lib, turkumdagi dastlabki uchta maqola "O'zAS" va "Mohiyat" haftaliklari bilan "YOshlik" jurnalida e'lon qilingan. YAna ikkitasi "Guliston" va "Muloqot" jurnallarida e'lon qilishga tayyorlanmoqda.
Xalqimizda "O'zing uchun o'l, åtim" dågan hikmatli gap bor. Jahondagi eng achchiq zaharxandali maqol bu! "SHum bola"dåk shoh asar yaqqol dalolat bårib turibdiki, åtim aslida o'zi uchun o'lmaydi, balki aksincha jon-jahdi bilan yashash uchun kurashadi. Bunday kurash usullaridan biri, ma'lumki, o'z-o'ziga xizmat hisoblanadi..
Hozirgi adabiyotimizda o'z-o'ziga xizmatning turlari tobora ko'payib bormoqda... SHulardan bittaginasini Sizning e'tiboringizga havola qilib, yozuvchi Otaulining tarjimai holini oq qog'ozga ko'chiruvchi tarjimon, publitsist va munaqqid
Rahimjon OTAÅV (Otauli)